OAV: Yoaxim Lyov Oʻzbekiston termasiga oʻtishga yaqin turibdi
Lyov 2006 yildan 2021 yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargandi.

Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Oʻzbekiston termasini boshqarishga yaqin turibdi. Bu haqda nemis OAVlari yozmoqda.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi germaniyalik yulduz murabbiy bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
OAV xabariga koʻra, agar Lyov ijobiy qaror qabul qilsa, hozirgi bosh murabbiy Timur Kapadze uning murabbiylar shtabiga kiradi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan 2026 yilgi jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi.
Yoaxim Lyov 2006 yildan 2021 yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan va jamoa bilan 2014 yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionati va 2017 yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻalaba qozongan.
U 2021 yilda isteʼfoga chiqqanidan beri boshqa murabbiylikda ishlamay kelayotgandi.