platina.uz
Jamiyat

Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasining boʻlinma boshligʻi ushlandi

U fuqaroga nisbatan qoʻllanilgan qamoq chorasini garov ehtiyot chorasiga oʻzgartirib berishini aytgan va pul olgan. Lekin vaʼdasini bajara olmagan.  

Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasining boʻlinma boshligʻi ushlandi

Toshkentda ichki ishlar boshqarmasining boʻlinma boshligʻi ushlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida DXX va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ichki ishlar organlari tizimida qonunbuzilish holati aniqlandi.

Xususan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvoffiqlashtirish boshqarmasining boʻlinma boshligʻi, podpolkovnik harbiy unvonida boʻlgan U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan fuqaroga nisbatan qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga oʻzgartirib berishni vaʼda qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSh dollari oladi.

Ammo, u bergan vaʼdasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablagʻning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid