Umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi
Umra tadbirlari may oyida Haj ziyorati sabab toʻxtatilgandi.

Umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanadi.
Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanishini eʼlon qildi.
Soʻnggi yillarda umra safarlarini tashkil etish, ziyoratchilarga xizmatlar koʻrsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Haj mavsumi 13 maydan boshlangan va iyun oyi oxirigacha davom etgandi.
Taʼkidlash kerakki, Umra safarini amalga oshirish uchun turfirmalar maxsus litsenziya olishi kerak.