platina.uz
Jamiyat

Toshkentda fuqarolarga aldab uy sotganlikda gumonlangan shaxs qamoqqa olindi

Qurilish kompaniyasi meʼyoriy hujjatlarni rasmiylashtirmasdan va hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmasdan fuqarolardan pul olgan. 

Toshkentda fuqarolarga aldab uy sotganlikda gumonlangan shaxs qamoqqa olindi

Toshkentda odamlarga aldab uy sotganlikda gumonlangan shaxs qamoqqa olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha fuqarolar koʻp qavatli uy quruvchilari tomonidan firibgarlikka uchragani va bundan noroziligi aks etgan video tarqaldi.

Poytaxt IIBB holat yuzasidan bayonot berdi.

Fuqaro T.N. va boshqalar 2021 yilning 11 avgust kuni “Strong Cities” MChJNI tashkil etib, tegishli meʼyoriy hujjatlarni rasmiylashtirmasdan va hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmasdan, bir nechta fuqarolarning ishonchiga kirib, Olmazor tumani Usta Olim koʻchasidagi yer maydonida koʻp qavatli uyni qurishni va ushbu uydagi xonadonlarni sotishni vaʼda qilishgan.

Shuningdek, qonunchilikda belgilangan talablarga zid ravishda xizmat koʻrsatuvchi bankda alohida hisob-varaq ochmasdan, 2023-2024 yillar davomida shartnomalar tuzib, fuqarolarning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi ("Firibgarlik, juda koʻp miqdorda sodir etilishi") bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov jarayonida fuqaro T.N. ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid