platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida toʻrtta medalni qoʻlga kiritdi

Oltin medal egasi boʻlgan ikki oʻquvchiga 937 mln soʻmdan pul mukofotlari beriladi. 

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida toʻrtta medalni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik 4 nafar maktab oʻquvchilari Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (ICHO 2025, Dubay) ishtirok etib, sovrindor boʻldi.

Ular 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda "El-yurt umidi" jamgʻarmasi xabar berdi.

Oltin medal egasi boʻlgan oʻquvchilarning har biriga 937 mln soʻmdan pul mukofotlari beriladi.

Oʻqituvchilarga esa 168 mln 750 ming soʻmdan, kumush medalchilarga 562 mln soʻmdan beriladi.

Oʻqituvchilarga esa 93 mln 750 ming soʻmdan beriladi.

Gʻoliblar roʻyxati:

- Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino maktabi oʻquvchisi
(937 mln soʻm mukofot);

- Mirjahon Muhammadov - Abu Ali ibn Sino maktabi
(937 mln soʻm);

- Ibrohim Temurov- Olmaliq, Buxoro maktabi
(562 mln soʻm);

- Biloliddin Zuhriddinov - Abu Ali ibn Sino maktabi
(562 mln soʻm).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid