OAV: Tramp Zelenskiy bilan Moskvaga zarba berishni muhokama qilgan
Bundan tashqari Tramp Rossiya Ukraina bilan 50 kun ichida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishmasa, 100 foizlik bojlar joriy etish bilan tahdid qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali suhbatda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
Bu haqda The Washington Post sharhlovchisi De-evid Ignatius ism-sharifi oshkor qilinmagan manbaga asoslanib yozgan.
Unga koʻra, Amerika prezidenti Ukraina rahbaridan nega Ukraina qurolli kuchlari Moskvaga zarba bermayotganini soʻragan.
“Agar bizga qurol bersangiz, qila olamiz”, deya javob bergan Vladimir Zelenskiy. Nashr suhbatdoshiga koʻra, Donald Tramp “nafaqat Moskva, balki Sankt-Peterburgga ham zarba berib, “Ukraina Putinga bosimni kuchaytirishi kerak” degan.
Bir kun avval AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukraina bilan 50 kun ichida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishmasa, unga 100 foizlik bojlar joriy qilish bilan tahdid qildi.
15 iyul kuni BBCga bergan intervyusida Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putindan hafsalasi pir boʻlgan boʻlsa-da, oʻt ochishni toʻxtatishga umidini yoʻqotmaganini tan oldi.