platina.uz
Jamiyat

Ukraina urushida qurbon boʻlgan oʻzbekistonliklar soni eʼlon qilindi

Ularning katta qismi Rossiya qamoqxonalarida saqlangan va turli vaʼdalar evaziga frontga joʻnatilgan. Oʻzbekiston qonunchiligida yollanma askarlik uchun 10 yilgacha qamoq jazosi mavjud. 

Ukraina urushida qurbon boʻlgan oʻzbekistonliklar soni eʼlon qilindi

Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan urushgan 66 nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgan.

Oxirgi ikki hafta ichida, iyun oyining oxiridan iyul oyi boshigacha BBC, Mediazona va koʻngillilar guruhi Rossiya-Ukraina mojarosida halok boʻlgan 500 dan ortiq xorijlik fuqarolarni aniqlash uchun ochiq manbali tadqiqot oʻtkazdi.

Oʻlganlar soni boʻyicha Oʻzbekiston 66 kishi bilan roʻyxatda uchinchi oʻrinni egalladi.

Birinchi oʻrinda Tojikiston (72 qurbon), ikkinchi oʻrinda Nepal (70) joy olgan. Umuman olganda, rasmiy bayonotlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va qabrlar fotosuratlaridan tuzilgan maʼlumotlar bazasiga shartnoma imzolangan paytda Rossiya fuqaroligiga ega boʻlmagan 28 davlatdan kelgan xorijliklar kiritilgan.

Tahlillar halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining yarmidan koʻpi, 46 nafari Rossiya qamoqxonalarida boʻlganini koʻrsatdi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida boʻlgani kabi, oʻzbeklarning salmoqli qismi qamoqxonalarda urushga yuborilib, asosan "Vagner" shirkati bilan tuzilgan shartnoma asosida frontga joʻnatilgan.

Halok boʻlgan Tojikiston fuqarolari orasida 43 kishi ham shartnoma imzolanmaguncha qamalgan.

Muhojirlarga urushda qatnashish evaziga fuqarolik holatini qonuniylashtirish vaʼda qilingan.

Huquq faollariga koʻra, urush Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlariga bosim oʻtkazish quroliga aylangan. Ularga quyidagilar evaziga harbiy harakatlarda ishtirok etish taklif etiladi:

-Rossiyaga kirish taqiqini bekor qilish;

- fuqarolikni tezlashtirish;

- deportatsiya yoki shartli ravishda ozod qilish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish.

Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, roʻyxatga faqat xorijlik oʻlimi ochiq manbalarda qayd etilgan tasdiqlangan holatlar kiritilgan.

Aprel oyi boshida Ukrainaga qarshi urushning birinchi yilida sobiq SSSR respublikalaridan mehnat muhojirlari Rossiya armiyasiga jalb qilingani maʼlum boʻlgan edi.

Yablochkovdagi saralash punktidan bir yil davomida kamida 523 kishi oʻtgan, ulardan 71 nafari Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, Tojikiston, Belarus, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kelgan migrantlardir.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston qonunchiligida yollanma askarlik uchun 10 yilgacha qamoq jazosi mavjud.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid