platina.uz
Madaniyat

Shoir Nusrat Abdusalom olamdan oʻtdi

Uning "Sozim mening" (1999), "Muhabbat yogʻdusi" (2010) nomli kitoblari nashr qilingan. 

Shoir Nusrat Abdusalom olamdan oʻtdi

Taniqli shoir Nusrat Abdusalom vafot etdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Shoir 1945 yil 20 mayda Andijon shahrida tugʻilgan. Uning “Sozim mening” (1999), “Muhabbat yogʻdusi” (2010) nomli kitoblari nashr qilingan. "Yoshlar bayozi", “Andijon shoir va yozuvchilari”, “Hovli toʻla bolalar”, “Qirq oyoq va qirq paypoq”, “Alisher Navoiy gʻazallariga muxammaslar”, “Avvalgilarga oʻxshamas”, “Mushoira” kabi respublika jamoa toʻplamlariga ijod namunalari kiritilgan.

U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi qoshidagi “Orzu” va “Yogʻdu” adabiy toʻgaraklari rahbari edi.

Nusrat Abdusalom 2024 yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid