platina.uz
Siyosat

Prezident Administratsiyasi rahbariga oʻrinbosarlar tayinlandi

Hilola Umarova Administratsiya rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi va vazir lavozimidan ozod etildi. 

Prezident Administratsiyasi rahbariga oʻrinbosarlar tayinlandi

Prezident Administratsiyasi rahbariga oʻrinbosarlar tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Hilola Oʻktamovna Umarova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi;

Tamila Anvarovna Aliyeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Timur Nuryigitovich Butunbayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Nodira Jalalovna Xakimova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Farxod oʻgʻli Ozodzoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi;

Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid