Oʻzbekiston taʼlim tizimida soʻnggi yillarda nimalar oʻzgardi?
Maktabgacha taʼlim qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi.

Taʼlimda soʻnggi uuch yilda nimalar oʻzgardi?
Xususan, pedagoglarning malaka toifa sinov (attestatsiya) jarayonlarini shaffof oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida FaceID (yuzni tanish) hamda Blockchain (maʼlumotni oʻzgarmas shaklda saqlash) texnologiyasidan foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Shu kunga qadar 516960 pedagog bilim va mahorati mazkur tizim asosida sinovdan oʻtkazildi.
Pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlim oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etilib, jami 277 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar qamrab olindi.
14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi 2 ta sport maktabi, 204 ta ixtisoslashtirilgan maktab, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi, Fan olimpiadalari markazi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Al-Xorazmiy universiteti, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi.
Xorijiy til bilish darajasi oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar natijasida sertifikatga ega maktab oʻquvchilari soni 2025 yilda 40 983 nafarni (may oyi holatiga) tashkil etdi. Bu 2021 yilga (10 960 nafar) nisbatan 3,7 karraga koʻp. Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega pedagoglar 33 345 nafarga yetdi. 2021 yilda 1 944 nafar boʻlgan. Davlat umumtaʼlim maktablariga 2023-2024-oʻquv yilida buyon 500 nafardan ortiq xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq taʼlim vazirligi boshqargan Hilola Umarova yangi ishga oʻtkazilgandi.