platina.uz
Siyosat

Abdulaziz Komilov va Sardor Umrzoqov yangi lavozimlarga tayinlandi

Ruslanbek Davletov esa Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimini egalladi.

Abdulaziz Komilov va Sardor Umrzoqov yangi lavozimlarga tayinlandi

Prezident Administratsiyasida yana qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Abdulaziz Hafizovich Kamilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

Gʻofurjon Gʻaniyevich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ravshan Ayubovich Gulyamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Sardor Uktamovich Umurzakov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Mansurbek Polvonzoda Olloyorov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ruslanbek Kuroltayevich Davletov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Administratsiya rahbariga oʻrinbosarlar tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid