platina.uz
Jamiyat

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchisi ushlandi

Fargʻona davlat universitetida ham oʻqituvchilardan biri pora bilan qoʻlga olingan.  

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchisi ushlandi

Toshkent va Fargʻonada OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi.

DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻzining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Fargʻona davlat universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Fargʻona shahrida yashovchi fuqaroni boks boʻyicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy taʼlim fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3800 AQSh dollari olgan.

U pulni olish vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur oʻqituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Avval Andijon va Surxondaryoda soliq inspektorlari qoʻlga olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid