platina.uz
Jamiyat

Prokuratura hovuzda choʻkkan bolalar boʻyicha maʼlumot berdi

Bir nafar bola qarovsiz qolgani oqibatida xonadondagi basseynga tushib ketib vafot etgan. Yana bir bola oʻta ogʻir ahvolda qolmoqda. 

Prokuratura hovuzda choʻkkan bolalar boʻyicha maʼlumot berdi

Toshkentda 7 nafar bola hovuzda choʻkdi, ulardan 1 nafar bola vafot etgan.

Tarmoqlarda Toshkent shahrida 7 nafar bola xonadonlardagi hovuzda choʻkishi oqibatida 2 nafari vafot etganligi haqida xabarlar chiqarilgan.

Mazkur holatlar prokuratura organlari tomonidan oʻrganildi.

Aniqlanishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joriy yilning 12 may kunidan 10 iyul kuniga qadar Toshkent shahrining turli hududlardagi yashash manzillaridan 7 nafar voyaga yetmagan bolani choʻkishi bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushgan.

Shundan 4 nafar voyaga yetmagan davolanishdan soʻng yashash manzillariga ruxsat berilgan, 2 nafar voyaga yetmagan bola davolanmoqda, shundan 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.

Shuningdek, 1 nafar bola qarovsiz qolganligi oqibatida xonadonda mavjud boʻlgan basseynga tushib ketishi natijasida vafot etgan. Voyaga yetmagan bola tibbiy muassasaga olib borilgan vaqtda unda biologik oʻlim qayd etilgan.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid