platina.uz
Sport

OʻFA qator futbolchilar va jamoalarga chora koʻrdi

“Buxoro” jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullayev tunnelga kirish mobaynida muxlislarga qarata nomaqbul ishoralar koʻrsatgan va provokatsion harakatlar qilgan.

OʻFA qator futbolchilar va jamoalarga chora koʻrdi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

OʻUnda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Soʻgʻdiyona” — “Buxoro”

Oʻzbekiston Superligasining 11-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Buxoro” uchrashuvidan soʻng “Buxoro” jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullayev tunnelga kirish mobaynida muxlislarga qarata nomaqbul ishoralar koʻrsatgani va provokatsion harakatlar qilgani muxlislarning noroziligiga sabab boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shirinboy Abdullayevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Soʻgʻdiyona”

Oʻzbekiston Superligasining 12-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” jamoasi futbolchisi Otabek Ahadov toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining oyogʻini bosganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Otabek Ahadovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

OKMK — “Shoʻrtan”

Superliganing 12-turi doirasidagi OKMK — “Shoʻrtan” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Asadbek Saidxonov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Asadbek Saidxonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Xorazm” — “Dinamo”

12-tur doirasidagi “Xorazm” — “Dinamo” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Shahrom Samiyev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahrom Samiyevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Mashʼal” — “Nasaf”

13-tur doirasidagi “Mashʼal” — “Nasaf” uchrashuvining 90-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Sardorbek Bahromov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sardorbek Bahromovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Neftchi” — “Buxoro”

Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi “Neftchi” — “Buxoro” uchrashuvining 19-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Sardor Qulmatov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sardor Qulmatovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Buxoro” jamoasi murabbiyi Ulugʻbek Bakayev yordamchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ulugʻbek Bakayevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Shoʻrtan” — “Surxon”

13-tur doirasidagi “Shoʻrtan” — “Surxon” uchrashuvining 33-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatullox Xamidjonov toʻpsiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sunnatullox Xamidjonovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 47-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Jamaldin Xodjaniazov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jamaldin Xodjaniazovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Azizbek Pirmuxammadov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Azizbek Pirmuxammadovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Shahboz Nuriddinov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahboz Nuriddinovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Navbahor” — OKMK

13-tur doirasidagi “Navbahor” — OKMK uchrashuvining 6-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Islom Toʻxtaxoʻjayev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Islom Toʻxtaxoʻjayevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 81-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Ali Abdurahmonov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ali Abdurahmonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv komissarining bildirgisiga koʻra, “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik holati aniqlangan. Xususan, “Navbahor” jamoasi bu borada koʻplab kamchiliklarga yoʻl qoʻygan; fotomuxbir va toʻp olib beruvchi bolalar uchun stullar yetarli boʻlmagan, komissar xonasida WiFi boʻlsa ham internet mavjud boʻlmagan, uchrashuv tugashi bilan muxlislarni maydonga va texnik zonaga kirishiga yoʻl qoʻyilgan, jamoa futbolchilari uchrashuvdan soʻng miks zonadan harakatlanmagan va uchrashuv mobaynida toʻp olib beruvchi bolalar toʻplarni yashirishga uringan va toʻpni uzatmaslik harakatlari aniqlangan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Navbahor lochinlari” jamoasiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor” — “Qoʻqon-1912”

13-tur doirasidagi “Paxtakor” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qoʻqon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Beshimov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahzod Beshimovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Buxoro” — “Shoʻrtan”

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi “Buxoro” — “Shoʻrtan” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Ulugʻbek Xudoyberdiyev toʻpsiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga oyogʻi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ulugʻbek Xudoyberdiyevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Xorazm” — “Andijon”

14-tur doirasidagi “Xorazm” — “Andijon” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Eldor Adhamov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Eldor Adhamovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Neftchi” — “Buxoro”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.20 — bandida klub vakili uchun litsenziya musobaqada ishtirok etish va tegishli zonaga kirish huquqini beruvchi yagona hujjat hisoblanadi. Litsenziya egasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan taqdirida texnik zonaga qoʻyiladi, hamda “Superliga va Proliga reglamenti”ning 23.2 — bandida hakamlik sifatiga nisbatan klubda eʼtirozlar mavjud boʻlsa, bosh murabbiy yoki sport direktori uchrashuv yakuniga yetganidan keyingi 30 daqiqa ichida bu haqda Liga komissariga maʼlum qilishga hamda oʻz eʼtirozini uchrashuv qaydnomasida imzolashni talab qilishga haqli etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Buxoro” jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan murabbiyni matbuot anjumaniga kiritgan hamda hakamlik boʻyicha eʼtiroz qilish tartibiga amal qilmagan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Buxoro” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Bunyodkor”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.5- bandida klub hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Dinamo” jamoasi VAR mashinasi va texnik hududlarni xavfsizligini yetarli darajada taʼminlab bera olmagan, yaʼni texnik hududda va futbolchilar kirib chiqish tunnelida begona shaxslar boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912” — “Dinamo”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.30 — bandida uchrashuv vaqtida klub rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga koʻrsatma berish uchun ruxsat etiladi. Bunda bosh murabbiy chet el fuqarosi boʻlib, futbolchilar bilan muloqot uchun tarjimon yordami zarur boʻlsa, bosh murabbiy koʻrsatma berishda tarjimondan foydalanishga haqli ekani belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Dinamo” jamoasi futbolchisi Bahodir Nasimov zaxira oʻrindigʻini tark etib, bir necha marotaba hakamga eʼtiroz bildirgan hamda uchrashuv zaxira hakami va komissari tomonida bir necha bor ogohlantirishlariga bepisand munosabatda boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bahodir Nasimovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Buxoro” — “Shoʻrtan”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17 — bandida mezbon klub va vaziyatdan kelib chiqib mehmon klub oʻyin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir shartli ravishda taymer yoqilgan holda jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishigacha butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Buxoro” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Buxoro” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid