Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi sobiq direktori yangi lavozimga tayinlandi
Alisher Ubbiyev Qoraqalpogʻistonda ish olib boradi.

Ubbiyev Alisher Taiirovich - Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
A.Ubbiyev tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huziridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Sevara Shokirova Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga direktor tayinlangandi.