Fransiya Ilon Maskning ijtimoiy tarmogʻiga qarshi tergov boshladi
Kompaniya oʻz algoritmlarini "chet el aralashuvi" maqsadida manipulyatsiya qilganlikda gumonlanmoqda.

Fransiya milliarder Ilon Maskning X ijtimoiy tarmogʻiga qarshi jinoiy ish ochdi.
Politico xabariga koʻra, prokuratura kompaniya oʻz algoritmlarini “chet el aralashuvi” maqsadida manipulyatsiya qilganlikda gumon qilib, jinoiy ish qoʻzgʻatgan.
Parij prokuraturasi rahbari Laure Bekkoning aytishicha, 9 iyulda boshlangan tergovni kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi olib bormoqda.
U yuridik shaxs sifatida X'ga, shuningdek, platformani boshqaruvchi jismoniy shaxslarga qarshi qaratilgan.
Bayonotda Maskning nomi tilga olinmagan, biroq tergovga 2022 yilda milliarder tomonidan sotib olinganidan keyin X ishiga aralashish haqidagi shikoyatlar sabab boʻlgan.
Iyun oyi oxirida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ilon Maskga siyosiy boshpana berish taklifi bilan chiqqandi. Bu fransuz tergovi bilan bogʻliqmi, aniq emas. Milliarder hozircha vaziyatga izoh bermadi.
Eslatib oʻtamiz, Telegram asoschisi Pavel Durov ham Parijda ushlangandi.