platina.uz
Jahon

Dunyo xaritasida yangi davlat paydo boʻladi

Yangi Kaledoniya 1853 yildan beri Fransiya hududi hisoblanadi. Dastlab mahbuslar uchun surgun joyi sifatida foydalanilgan Yangi Kaledoniyada nikelning boy zaxiralari aniqlangandi.

Dunyo xaritasida yangi davlat paydo boʻladi
davlat

Fransiyada yangi davlat — Yangi Kaledoniyani yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Yangi Kaledoniya kelajagini belgilovchi siyosiy harakatlar Fransiyaning chet el hududiga keng avtonomiya beradigan kelishuvni eʼlon qildi.

Shartnoma Yangi Kaledoniya uchun alohida fuqarolikni yaratish va xalqaro munosabatlar sohasidagi vakolatlarni yangi davlatga oʻtkazishni nazarda tutadi. Biroq qayd etilishicha, mamlakat Parijdan butunlay mustaqil boʻlmaydi.

Hujjat kuchga kirishi uchun Fransiya parlamenti tomonidan ovozga qoʻyilishi va orollar aholisining oʻzlari tomonidan referendumda maʼqullanishi kerak.

Tinch okeanidagi arxipelag boʻlgan Yangi Kaledoniya 1853 yildan beri Fransiya hududi hisoblanadi. Dastlab mahbuslar uchun surgun joyi sifatida foydalanilgan Yangi Kaledoniya nikelning boy zaxiralari tufayli asta-sekin rivojlana boshladi. Mahalliy aholi - kanaklar uzoq vaqtdan beri oʻz huquqlarini tan olish va muxtoriyatni kengaytirish uchun kurashib kelgan.

Yangi Kaledoniya uchun mustaqillik masalasi koʻp marta koʻtarilgan. 2018, 2020 va 2021 yillarda orollarda referendumlar oʻtkazildi, unda aholining aksariyati Fransiyadan toʻliq mustaqillikka qarshi ovoz berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid