platina.uz
Jamiyat

Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi qoʻlga olindi

U 5 sotix yerni fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan. 

Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi qoʻlga olindi

Gʻijduvon tumanida 5 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻijduvon tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Davlat kadastrlari palatasi Gʻijduvon tumani filiali shoʻʼba bosh mutaxassisi A.I. fuqaro Oʻ.J.ga “Bobur” MFY hududidagi 5 sotix yer maydoni goʻyoki tuman hokimligi zaxirasida turganligini aytib, ushbu yer maydonini 4 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan. Soʻngra oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent va Fargʻonada universitet oʻqituvchilari qoʻlga olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid