platina.uz
Sport

Ulugʻbek Rashitov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

U antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. 

Ulugʻbek Rashitov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

Olimpiya chempioni Ulugʻbek Rashitov uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

Taekvondo boʻyicha ikki karra Olimpiya chempioni, oʻzbekistonlik taekvondochi Ulugʻbek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi va ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Bu haqda Xalqaro dopingtahlil agentligi (ITA) rasmiy bayonotida qayd etilgan.

Aytilishicha, sportchi soʻnggi 12 oy ichida uch marta oʻzining joylashuvi haqida notoʻgʻri maʼlumot bergan. Bu harakat antidoping qoidalariga koʻra, sinovdan bosh tortish bilan tenglashtiriladi va jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.

Sportchining musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025 yil 13 maydan 2027 yil 12 maygacha etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Rashitov 2020 vva 2024 yilgi olimpiada oʻyinlarida chempion boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid