platina.uz
Madaniyat

Sirdaryolik ozar shoiri vafot etdi

Ali Nasirli Oʻzbekiston va Ozarbayjonning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangandi. 

Sirdaryolik ozar shoiri vafot etdi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining "Doʻstlik" ordeni sohibi, shoir Ali Nasirli vafot etdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Janoza Toshkent shahrida boʻladi. Marhum oʻz uyidan bugun, 11 iyul kuni soat 14.00da olib ketiladi, deyiladi xabarda.

Ali Nasirli 2022 yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgani munosabati bilan taqdirlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid