platina.uz
Jahon

Rossiyada til siyosatining asoslari tasdiqlandi: muhojirlar uchun nimalar oʻzgaradi?

Mamlakatga kelgan migrantlarning tilga moslashish darajasini baholashning kompleks tizimi joriy etiladi. 

Rossiyada til siyosatining asoslari tasdiqlandi: muhojirlar uchun nimalar oʻzgaradi?

Rossiyada davlat tili siyosatining asoslari tasdiqlandi.

RF prezidenti Vladimir Putinning qarori bilan Rossiya Federatsiyasining davlat tili siyosatining asoslari tasdiqlandi.

Unga koʻra, mamlakatga taʼlim olish yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan xorijiy fuqarolarning tilga moslashish darajasini baholashning kompleks tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, voyaga etmagan chet el fuqarolarining rus tilini rus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yetarli darajada bilishini sinovdan oʻtkazish tizimini joriy etiladi.

Ularning boshlangʻich va umumiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishi uchun rus tilida qoʻshimcha taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash ham nazarda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktablarga qabul qilinmasligi belgilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid