Eldor Shomurodov Turkiya klubiga oʻtdi
Futbolchi turk klubi bilan 2 yillik bitim imzolagan.

Eldor Shomurodov Turkiyada faoliyatini davom ettiradi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasi futbolchisiga aylandi.
"Istanbul Bashakshexir" Shomurodovni 2,7 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 3 mln yevroga ijaraga oldi.
Eldor Shomurodov turk klubi bilan 1 yilga uzaytirish sharti bilan 2 yillik bitim imzolagan, futbolchining keyingi transferining 10% puli "Roma" hisobiga oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Shomurodov ilk bor Romaga 2021 yilga kelgandi.