platina.uz
Jamiyat

Andijonda Pensiya jamgʻarmasi mansabdori katta mablagʻni talon-toroj qildi

U oʻttizdan oshiq fuqaro nomiga pensiya yozib, oʻzlashtirib yuborgan. 

Andijonda Pensiya jamgʻarmasi mansabdori katta mablagʻni talon-toroj qildi

2025 yil 17 iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Shahrixon tuman sudida Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mansabdoriga oid ish koʻrib chiqildi. Sud ishi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Sh.A. 2022 yil 1 apreldan 2023 yil 5 aprelga qadar Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Boʻston tuman boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgani holda, boshqa shaxslar bilan oʻzaro oldindan til biriktirgan.

U 32 ta holatda 32 nafar fuqarolarga jami 259.606.113 soʻmlik davlat pensiya mablagʻlarini yozib, gʻarazgoʻylik manfaatlarini koʻzlab, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib, hujjatlarni qalbakilashtirib, rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Ayblanuvchi oʻz aybiga iqror boʻlgan. Jumladan, u sudda 2021-2024 yillar davomida tayinlangan va toʻlovi amalga oshirilgan pensiya ishlarini monitoringi oʻtkazilgani, monitoring davomida Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Boʻston tuman boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtgan davr davomida 340.000.000 soʻmdan ziyodroq miqdoridagi mablagʻlar fuqarolarga ortiqcha toʻlab yuborilganligi aniqlangani, pensiya ishlari boʻyicha 34 ta holatda 34 nafar fuqarolarga ortiqcha toʻlov amalga oshirib yuborilgani, ish faoliyati davomida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygani, tashkilotda oʻtkazilgan tekshirishga eʼtirozi yoʻqligi, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplagani boʻyicha koʻrsatuv berdi.

Yakuniy hukmga koʻra, Sh.A.ga ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Ish boʻyicha yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

Navoiyda "Tashabbusli byudjet" doirasida taʼlimga ajratilgan pullar oʻzlashtirib yuborilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid