Oʻzbekiston FIFA reytingida ikki pogʻona yuqoriladi
Milliy jamoa Osiyo jamoalari orasida esa 6-oʻrinni band etgan.

Oʻzbekiston FIFA reytingida yuqoriladi.
FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan ikki pogʻona yuqorilab, 55-oʻrindan joy oldi.
Shuningdek, milliy jamoa Osiyo jamoalari orasida 6-oʻrinni band etgan.
Iyun oyida terma safarda BAA bilan durang oʻynadi, Qatarni esa yirik hisobda magʻlub etdi.
FIFA reytingini Argentina va Ispaniya termalari boshqarib bormoqda. Keyingi pogʻonalarni Fransiya va Angliya egallagan.
Qoʻshni Qirgʻiziston 104, Qozogʻiston esa 114-oʻrinni egalladi.