Oʻttizga yaqin tashkilot monopol mavqega ega deb topildi
Ular orasida "Qishloqqurilishloyiha" DM, "Raqamli transformatsiya markazi", "UZINFOCOM","Oʻzbekgeofizika" AJ va boshqalar bor.

Raqobat qoʻmitasi 29 korxonani ustun mavqega ega deya topdi.
"Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq agar xoʻjalik yurituvchi subʼektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan boʻlsa, ustun mavqega ega deb eʼtirof etish belgilangan.
Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan 29 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi.
Ular orasida quyidagi tashkilotlar bor: "Qishloqqurilishloyiha" DM, "Raqamli transformatsiya markazi", "UZINFOCOM", "Oʻzbekekspertiza" AJ, "Oʻzagrosugʻurta" AJ, "Soliq-servis" DUK.
Shuningdek, Kitob geologik tabiat bogʻi va "Sharq" nashriyot matbaa AJ ham ustun mavqega ega deb topilgan.
Avvalroq qoʻmita 3 mlrd soʻmdan oshiq qonunbuzilishlari haqida xabar bergandi.