platina.uz
Jamiyat

Mayor Bahodir Vaisov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi

U 23 iyun kuni Samarqand shahrida joylashgan harbiy qism yonida yuz bergan yongʻinni bartaraf etish vaqtida ogʻir jarohat olgan va vafot etgan. 

Mayor Bahodir Vaisov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligining marhum harbiy xizmatchisi – mayor Vaisov Bahodir Rajabboyevich “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Marhum 23 iyun kuni Samarqand shahrida joylashgan harbiy qism yonida yongʻin kelib chiqqan paytda jasorat koʻrsatgan.

Harbiy xizmatchi oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida ogʻir tan jarohati olgan va hayotdan koʻz yumgan.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni hamda Xorazm viloyati hokimligi vakillari birgalikda Shovot tumanida istiqomat qiluvchi marhumning oila aʼzolariga “Jasorat” medalini topshirdi.

Marhum ofitser mayor Bahodir Vaisovning oilasiga qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar koʻrsatiladi.

Eslatib oʻtamiz,avval Andijonda qurollangan shaxsni ushlash jarayonida profilaktika inspektori halok boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid