platina.uz
Jamiyat

IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshliqlari oʻzgardi. 

IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan, polkovnik Murodov Oybek Xudayberdiyevich Qashqadaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari – Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Idirov Ilhom Toxirovich Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari – Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi.

Polkovnik Iminov Ziyod Galibovich Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari – xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi boʻldi.

Polkovnik Xubbimov Nizom Rabbimovich Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga, podpolkovnik Axunov Akbarjon Poʻlatjonovich Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani IIB boshligʻi lavozimiga, podpolkovnik Jaloldinov Rustam Zuxurdinovich Andijon viloyati Marhamat tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Arziyev Sardorbek Anvarovich Andijon viloyati Shahrixon tumani IIB boshligʻi lavozimiga, podpolkovnik Qurbonjon Baxronjon Ismailovich Navoiy viloyati Navbahor tumani IIB boshligʻi lavozimiga, polkovnik Abduhomidov Sobirjon Abduvoxobovich Namangan viloyati Namangan shahar IIB boshligʻi lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan tashqari podpolkovnik Mustafoqulov Oʻktam Yodgorovich Surxondaryo viloyati Uzun tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Choriyev Sodiq Baxrom oʻgʻli Surxondaryo viloyati Termiz tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Raxmetov Jasurbek Abdulllayevich Xorazm viloyati Urganch tumani IIB boshligʻi lavozimini egalladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid