Ekologlar JCh-2026 boʻyicha xavotirli maʼlumotlarni eʼlon qildi
Ushbu musobaqa atrof-muhit uchun juda katta zararga sabab boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston ham unda ishtirok etadi.

Amerika qitʼasida boʻlib oʻtadigan JCh-2026 boʻyicha noxush maʼlumot eʼlon qilindi.
Aytilishicha, ushbu chempionat ekologiya uchun juda katta zarardir.
11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan JCh-2026ga bir yil qolganda, qirq sakkizta ishtirokchidan oʻn uchtasi allaqachon maʼlum boʻldi. Uchta mezbon davlatdan tashqari Avstraliya, Yaponiya, Iordaniya, Oʻzbekiston, Janubiy Koreya, Eron, Argentina, Braziliya, Ekvador va Yangi Zelandiya ushbu musobaqa uchun Shimoliy Amerikaga safar qilishlari kafolatlangan.
Ammo ekologlar musobaqa avvalida xavfli tendensiya haqida bong urdi.
Britaniyaning "Sciencists for Global Responsibility" mustaqil tashkiloti tadqiqotchilariga koʻra, Jahon chempionatining navbatdagi turniri shunchaki "iqlim uchun eng halokatli" boʻladi.
Ularning hisob-kitoblariga koʻra, musobaqa davomida bir oy ichida 9 million tonnadan ortiq CO2 (karbonat angidrid) ekvivalenti hosil boʻladi.
Bu Qatarda 2022 yil oʻtkazilgan musobaqadan (5,25 million tonna CO2 ekvivalentida) va baʼzi mamlakatlarda hosil boʻladigan issiqxona gazlari emissiyasidan ancha koʻp.
FIFA tomonidan oʻrnatilgan musobaqa formulasining oʻzgarishi, unga oʻttiz ikki emas, qirq sakkizta jamoa ishtirok etishi, delegatsiyalar va tarafdorlarning qoʻshimcha safarlariga olib keladi.
2026 yilgi jahon chempionati allaqachon “tarixdagi eng ifloslantiruvchi” deb eʼlon qilindi.
Yana bir omil: toʻrt yil oʻtgach, 2030 yilgi musobaqa oltita mamlakat va uch xil qitʼada boʻlib oʻtadi. Bu esa xavotirlarni yanada kuchaytirmoqda.