platina.uz
Jamiyat

Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan ushlandi

Soʻnggi yillarda hokimlarning bunday qoʻlga tushishi ilk bor kuzatilyapti.

Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan ushlandi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligi bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirib, unga tuman hokimining tegishli qarori bilan “Tokchilik” MFY hududida umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta koʻp qavatli uylar qurilishiga ruxsat olib berishi evaziga 30 ming dollar talab qilgan.

Joriy yilning 5 iyul kuni bosh mutaxassis soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming dollarini olib, tuman hokimi M.Xolboʻtayevga bergan. 8 iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming dollarni ham olgan va unga koʻp qavatli uy qurish uchun hokim tomonidan ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etgan.

Soʻngra bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman rahbari bilan uchrashib, 10 ming dollarni bergan vaqtida Davlat havfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozir Sh.Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Maʼlumot uchun, bir yil oldin tuman hokimi "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid