platina.uz
Jamiyat

Qoidabuzarlik sodir etilgandan bir oy ichida qaror chiqmasa jarima toʻlanmaydi

Tezlik cheklovlarini qayta koʻrib chiqsa boʻladigan yoʻl uchastkalari roʻyxati shakllantiriladi. 

Qoidabuzarlik sodir etilgandan bir oy ichida qaror chiqmasa jarima toʻlanmaydi

Qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, jarima toʻlanmaydi.

Prezident yigʻilishida qoidabuzarlik uchun ayrim YHXBlar oradan 7-8 oy oʻtib jarima qoʻllash qarorini chiqarayotgani boʻyicha eʼtirozlar koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.

Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima toʻlamasligi belgilandi.

Zamonaviy yoʻllar qurilayotgani, yuqori xavfsizlik moslamalari mavjud mashinalar soni ham kun sayin koʻpayib borayotgani sababli tezlik masalasida yangicha yondashuvlar kerakligi taʼkidlandi.

Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik cheklovlarini qayta koʻrib chiqsa boʻladigan yoʻl uchastkalari roʻyxatini shakllantirish topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid