Prezident: "Menam 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim..."
Davlat rahbari odamlar tirbandlik muammosi tufayli uyga juda kech qaytayotgani va bu ularning kayfiyatiga taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tirbandliklar haqida gapirib, oʻziyam buni boshidan oʻtkazganini maʼlum qildi.
“Xalqimiz ham, kelayotgan mehmon ham yoʻlga qarab baho beradi.
Oʻtgan shanba-bozor oʻzim rulda yurib keldim. Rulda kimligini hech kim bilmaydi, lekin menam 15-20 minut tirbandlikda turdim. Yaxshilab turdim. Mashinadan tushib, baqirmaymanku. Keyin tirbandlikdan oʻtib, vazirga qoʻngʻiroq qildim”, dedi prezident.
Davlat rahbari odamlar tirbandlik muammosi tufayli uyga juda kech qaytayotgani va bu kayfiyatiga taʼsir koʻrsatayotgani haqida gapirdi.
Oldinroq hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yoʻllarda ustunlik berilmasligi maʼlum qilingandi.