platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda IELTS imtihonini qogʻozda topshirish bekor qilinmoqda

Bu qaror qogʻozdagi test javoblarining internetga chiqib ketishi ortidan, operatsion sabablarga koʻra qabul qilingan. 

Oʻzbekistonda IELTS imtihonini qogʻozda topshirish bekor qilinmoqda

11 iyuldan Oʻzbekistonda IELTS imtihonini qogʻozda topshirish bekor qilinadi. Bu haqda IELTS imtihonini oluvchi IDP (Edu-Action Centre) tashkiloti oʻz Telegram sahifasida xabar berdi.

IDP maʼlumotiga koʻra, 11 iyuldan boshlab IELTS imtihonini faqat kompyuterda topshirish mumkin boʻladi.

Bu qaror qogʻozdagi test javoblarining internetga chiqib ketishi ortidan, operatsion sabablarga koʻra qabul qilingan. Bunday holatlar imtihon natijalarining ishonchliligiga shubha tugʻdiradi va xalqaro akkreditatsiya talablariga zid hisoblanadi.

Qogʻozda topshirish uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar imtihonni kompyuterda bepul topshirishi yoki toʻlovni toʻliq qaytarib olishi mumkin.

Bu oʻzgarish faqat Oʻzbekiston hududida amalga tatbiq etiladi.

Imtihonda Reading (oʻqish), Writing (yozish) va Listening (tinglash) boʻlimlari kompyuterda oʻtkaziladi, ammo Speaking (soʻzlashuv) testi anʼanaviy tarzda, yaʼni imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz suhbat koʻrinishida boʻladi.

Nomzod uchun test formati, savol turlari, har bir boʻlimga ajratilgan vaqt va mazmun oʻzgarishsiz qoladi.

Kompyuterda topshirilgan IELTS natijalari 1 dan 5 ish kuni ichida tayyor boʻladi. Anʼanaviy qogʻozda topshiriladigan imtihon natijalari esa 13 kunda eʼlon qilinardi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid