platina.uz
Madaniyat

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

 Oʻzbekiston davlat satira teatri Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan hajv teatri sanaladi. 

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Soʻz ustasi Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda @tayinlov kanali xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Mirzabek Xolmedov "Oʻzbekiston davlat satira teatri" direktori etib tayinlandi. Bu haqda sanʼatkorniing ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Bu masʼuliyatli ishda Mirzabek Xolmedovga Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan hajv teatrini dunyoda tarannum etadigan kuchli uchlik qatoriga koʻtarib berish vazifasi topshirildi, deyiladi xabarda.

MDH davlatlarida bir nechta satira teatrlar mavjud. Masalan, Rossiyada Moskva akademik satira teatri va Moskvadagi Arkadiy Raykin nomidagi “Satirikon” teatri.

Shular qatorida Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan hajv teatri — bu Oʻzbekiston davlat satira teatri hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid