platina.uz
Iqtisod

Ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi osha boshladi

2025 yilning iyun oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining oʻzgarishi tahlil qilindi. Elektromobillar esa tushmoqda. 

Ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi osha boshladi

Ikkilamchi bozorda yonilgʻida harakatlanuvchi avtomobillar narxi koʻtarila boshladi, elektromobillar narxi pasaymoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025 yilning iyun oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining oʻzgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

Joriy yilning iyun oyiga kelib, mahalliy ommabop avtomobillarning oʻrtacha narxida may oyidagiga nisbatan biroz koʻtarilish kuzatildi. Xususan:

- "Onix": oʻrtacha foydalanilgani $120 ga ($13 480 dan $13 600 ga);

- "Lacetti": kam foydalanilgani $200 ga ($14 600 dan $14 800 ga), koʻp foydalanilgani $100 ga ($12 900 dan $13 000 ga);

-"Cobalt": kam foydalanilgani $150 ga ($12 550 dan $12 700 ga), oʻrtacha foydalanilgani $125 ga ($12 000 dan $12 125 ga), koʻp foydalanilgani $100 ga ($11 500 dan $11 600 ga);

- “Nexia”: oʻrtacha foydalanilgani $300 ga ($10 900 dan $11 200 ga); koʻp foydalanilgani $115 ga ($10 000 dan $10 115 ga);

- "Spark": koʻp foydalanilgani $200 ga ($8 800 dan $9 000 ga), oʻrtacha foydalanilgani $194 ga ($10 000 dan $10 194 ga);

- "Damas": kam foydalanilgani $50 ga ($8 000 dan $8 050 ga) qimmatlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi

Mahalliy lyuks avtomobillar orasida oʻrtacha va kam foydalanilgan "Equinox" hamda oʻrtacha foydalanilgan "Malibu" narxlari arzonlashgan boʻlsa, kam foydalanilgan "Equinox" va barcha turdagi "Tracker"larning narxi qimmatlashdi. Xususan:

- "Equinox"ning koʻp foydalanilgani $200 ga ($26 200 dan $26 000 ga), oʻrtacha foydalanilgani $50 ga ($30 500 dan $30 450 ga);

- "Malibu"ning oʻrtacha foydalanilgani $500 ga ($28 500 dan $28 000 ga) arzonlashgan.

-"Equinox"ning kam foydalanilgani $1300 ga ($33 500 dan $34 800 ga);

- "Tracker"ning oʻrtacha foydalanilgani $300 ga ($17 000 dan $17 300 ga), koʻp foydalanilgani $200 ga ($16 000 dan $16 200 ga), kam foydalanilgani $75 ga ($18 425 dan $18 500 ga) qimmatlashgan.

Elektromobillar narxi

Mazkur davrda BYD "E2" dan boshqa elektomobillar narxi pasaydi. Xususan:

- BYD "Han": oʻrtacha foydalanilgani $1600 ga ($34 100 dan $32 500 ga);

- BYD "Song Plus EV Champion": oʻrtacha foydalanilgani $363 ga ($26 163 dan $25 800 ga), yangisi $300 ga ($28 800 dan $28 500 ga);

- BYD "Song Plus EV Champion": yangisi $675 ga ($28 000 dan $27 325 ga), oʻrtacha foydalanilgani $500 ga ($26 000 dan $25 500 ga);

- BYD "Yuan Up": oʻrtacha foydalanilgani $150 ga ($20 150 dan $20 000 ga) arzonlashgan. BYD "E2"ning oʻrtacha foydalanilgani $400 ga ($15 600 dan $16 000 ga), yangisi $50 ga ($16 950 dan $17 000 ga) qimmatlashgan.

Xorijiy avtomobillar narxi

Joriy yilning iyun oyida xorijiy avtomobillardan Kia "K5" va Chevrolet "Monza" qimmatlashgan boʻlsa, Kia "Seltos"ning oʻrtacha foydalanilgani arzonlashdi. Xususan:

- Kia "K5": koʻp foydalanilgani $777 ga ($29 223 dan $30 000 ga);

- Chevrolet "Monza": oʻrtacha foydalanilgani $73 ga ($16 600 dan $16 673 ga) qimmatlashdi.

- Kia "Seltos"ning oʻrtacha foydalanilgani esa $677 ga ($24 383 dan $23 705 ga) arzonlashdi.

Avvalroq mahalliy avtomobillar narxi arzonlashgani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid