platina.uz
Jamiyat

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yoʻllarda ustunlik berilmaydi

Ayrim tashkilotlar maʼmuriy binosi joylashgan koʻchalar yopib qoʻyilganidan, shusiz ham tirband koʻchalarda ularning xodimlari yoʻlni 2-3 qatorini “parkovka” qilib olganidan aholi norozi. 

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yoʻllarda ustunlik berilmaydi

Endilikda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yoʻllarda ustunlik berilmaydi.

Prezidentimiz yana bir masalaga eʼtibor qaratdi.

Ayrim vazirlik va idoralar, hokimliklarning maʼmuriy binosi joylashgan koʻchalar yopib qoʻyilganidan, shusiz ham tirband koʻchalarda ularning xodimlari yoʻlni 2-3 qatorini “parkovka” qilib olganidan aholi norozi.

Prezident topshirigʻiga koʻra, 15 ming nafar haydovchilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazildi. Poytaxtda ham, yirik shaharlarda ham qonuniy “parkovkalar” yetishmagani uchun ular mashinasini yoʻl boʻyiga qoʻyishga majburligini bildirgan.

“Umuman, oddiy haydovchilar dardini eshitadigan odam, muloqot platformasi yoʻq”,
- dedi Prezident.

Mutasaddilarga barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qoʻyilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi.

Vazirlik va idoralar xodimlari aholiga noqulaylik yaratib, “parkovka” qilib olgan hududlarda foto va video kameralar oʻrnatib, jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.

Davlat xizmatchilari jamoat transportida yurish boʻyicha namuna boʻlishi kerakligi qayd etildi. Endilikda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yoʻllarda ustunlik berilmasligi belgilandi.

Avvalroq YTHlardan oʻlim holati yuqori hududlar nomi maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid