platina.uz
Jamiyat

Guliston shahar prokurori oʻrinbosari ham qoʻlga olindi

U jinoyat ishi doirasida "qamoq" ehtiyot chorasi qoʻllamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga pul soʻragan. 

Guliston shahar prokurori oʻrinbosari ham qoʻlga olindi

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda Guliston shahar prokurori oʻrinbosari qoʻlga olindi.

U oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora soʻraydi.

Davlat havfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablagʻini oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda prokuror oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sharof Rashidov tumani hokimi ushlangani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid