Buxorodagi yongʻinda 9 kishining hayoti saqlab qolindi
Yongʻin natijasida koʻp qavatli uyning kirish eshigi va yoʻlaklari tutun bilan qoplangan.

FVV qutqaruvchilari tomonidan 9 nafar inson hayoti saqlab qolindi.
8 iyul kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahar “A.Gʻijduvoniy” MFYdagi koʻp qavatli uyning yertoʻlasida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan.
Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Maʼlum boʻlishicha yertoʻlada taxminan 20 kv.m maydonda chiqindilar yongan.
Yongʻin natijasida koʻp qavatli uyning kirish eshigi va yoʻlaklari yongʻin tutuni bilan qoplanganligi sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlardan 9 nafar fuqaro FVV qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan evakuatsiya qilinib, birinchi yordam koʻrsatilgan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq Boysundagi yongʻin 14 soatda oʻchirilgandi.