Trampning ishonchli odami Toshkentda tugʻilgani maʼlum boʻldi
U Donald Tramp maʼmuriyatidagi eng qudratli shaxslardan biri sifatida koʻriladi.

AQSh prezidenti Donald Trampning asosiy maslahatchisi Serxio Gor 1986 yil 30 noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgani maʼlum boʻldi.
Gorning advokati bu maʼlumotni tasdiqladi. Asli ismi Serjio Goroxovskiy boʻlgan bu odam Donald Tramp maʼmuriyatidagi eng qudratli shaxslardan biri sifatida koʻriladi.
Gor bolaligi Maltada oʻtgani aytilgan. Uning onasi 1994 yilda bir kompaniyaga asos solgan va ular sohil boʻyidagi qishloqda yashaganlar. 2021 yilda Gor ushbu uyni 255 ming yevroga sotib olgan. Notarius hujjatida uning tugʻilgan joyi deb Toshkent koʻrsatilgan.
Gor yoshligida oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan. U siyosiy faoliyatini avval respublikachi senator Rendom Pol bilan boshlagan. Keyinchalik Tramp maʼmuriyatiga qoʻshilgan.
Gor 2020 yilda Pol idorasidan ketgan va Tramp gʻalabasini moliyalashtirish qoʻmitasida shtab boshligʻi boʻlib ishlagan. Oʻsha saylovda Tramp yutqazgan edi.