Tramp Eronga yana zarba berilishi ehtimolini rad etmadi
Lekin AQSh Eron bilan mustahkam tinchlik oʻrnatilishini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi, deydi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp zarurat tugʻilsa, yana Eronga zarba berilishini istisno etmadi.
Qoʻshma Shtatlar Eron bilan mustahkam tinchlik oʻrnatilishini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi, biroq ayni paytda Tehron Vashingtonga tahdid soladigan boʻlsa, respublikaga "zarba berishga tayyor".
Bu haqda Oq uy rahbari Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan qoʻshma matbuot anjumanida aytib oʻtdi, deb yozadi The Hill.
"Mening fikrimcha, umid qilamanki, bu ish tugadi. Menimcha, Eron uchrashuv oʻtkazmoqchi.Ular tinchlik oʻrnatishni xohlaydilar va men buni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. Agar ular buni qilmasalar, biz yana zarba berishimiz mumkin". Amerika rahbari Isroil va Eron oʻrtasidagi urush tugadimi, degan savolga shunday javob berdi.
Biroq, Oq uy rahbari yangi urushga shubha bildirdi.
Avvalroq Tramp Amerikaning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalari “juda kuchli” ekanini aytgan, Tehron muzokaralar oʻtkazishdan manfaatdor ekanini bildirgandi. Biroq davlat rahbari uchrashuv aynan qachon boʻlib oʻtishiga aniqlik kiritmadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 22 iyun kuni AQSh Eronning uch yadroviy obʼektiga hujum qildi.