platina.uz
Jamiyat

Sirdaryodagi shaharlarda jamoat transporti narxi oʻzgardi

Elektron toʻlov miqdori 2 ming soʻmni, naqd pul shaklidagi toʻlov esa 3 ming soʻmni tashkil etadi. 

Sirdaryodagi shaharlarda jamoat transporti narxi oʻzgardi

Sirdaryo viloyatidagi Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlaridagi jamoat transporti narxi oʻzgardi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimining 2025 yil 8 iyuldagi qarorida aytiladi.

Unga koʻra:

a) Shahar yoʻlovchi transportlari (avtobus, mikroavtobus)da naqd pulda toʻlov amalga oshirilganda bir nafar yoʻlovchi uchun bir martalik yoʻlkira haqi – 3 000 (uch ming) soʻm (QQS bilan);

b) Shahar yoʻlovchi transportlari (avtobus, mikroavtobus)da naqd pulsiz toʻlov tizimi jozibadorligini oshirish, mazkur tizimdan foydalanishga yoʻlovchilarni keng jalb qilish, sohadagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida shahar jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus)da elektron shaklda (yagona transport kartalari (ATTO), bank kartalari va boshqa elektron toʻlov turlari) orqali toʻlovlar amalga oshirilganda bir nafar yoʻlovchi uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi yoʻlkira haqi – 2 000 (ikki ming) soʻm (QQS bilan);

d) Shahar yoʻlovchi transporti (avtobuslar)da hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrdan 100 sm x 50 sm x 30 santimetrgacha boʻlgan va
uzunligi 150 santimetrdan 200 santimetrgacha boʻlgan buyumlarni hamda oʻlchamidan
qatʼiy nazar, ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlgan bagajni olib yurish uchun yoʻlkira
haqi 3 000 (uch ming) soʻm (QQS bilan) etib belgilanadi.

Ushbu qaror eʼlon qilingandan kuchga kirishi belgilangan.

Qaror ilovasiga koʻra, qatnovlar soniga koʻra tarif rejalari quyidagicha belgilanadi: bir oylik avtobus 200 ming soʻm, bir yillik 1 mln 872 ming soʻm. Nogironlar, talabalar va oʻquvchilar uchun bir oylik toʻlov 100 ming soʻm, bir yillik toʻlov esa 936 ming soʻm etib belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid