Isroil bosh vaziri mustaqil Falastin davlati tuzilishiga rozi emasligini aytdi
Netanyaxu Falastin davlatchiligi xavfsizlik sohasida mustaqillikka ega boʻladigan vaziyatni "oʻz joniga qasd qilish" deb atadi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat suveren Falastin davlatini tuzishga rozi boʻlmasligini aytdi.
Bu haqda u jurnalistlarga Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.
"Menimcha, falastinliklar oʻzlarini boshqarish uchun barcha vakolatlarga ega boʻlishi kerak, ammo hech kim bizga tahdid qilmasligi kerak. Bu degani, baʼzi vakolatlar, masalan, umuman xavfsizlik bilan bogʻliq boʻlganlar hamisha bizning qoʻlimizda qoladi", - dedi Netanyaxu.
Netanyaxu Falastin davlatchiligi xavfsizlik sohasida mustaqillikka ega boʻladigan vaziyatni "oʻz joniga qasd qilish" deb atadi.
Donald Tramp ikki davlatning yonma-yon yashashi sharti bilan Falastin-Isroil mojarosini hal qilish imkoniyati haqidagi savolga javob bermadi.
"Bilmayman. Bu savolni Bibiga (Benyamin Netanyaxu - tarhr) bering, - dedi AQSh prezidenti.
Donald Tramp Isroil va Eron oʻrtasidagi vaziyat hal boʻlgach, Benyamin Netanyaxudan Gʻazo sektoridagi janglarni toʻxtatishni qatʼiy talab qilishini aytdi. Amerika yetakchisiga koʻra, Netanyaxu ham anklavdagi urushni tugatishdan manfaatdor.
Avvalroq HAMAS vva Isroil oʻrtasida 60 kunlik otashkesim taklif etilgandi.