platina.uz
Jamiyat

Alkogol mahsulotlarini reklama qilgan korxona jarimaga tortildi

“Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 38-moddasiga asosan, har qanday quvvatdagi alkogol mahsulotlarining reklamasiga yoʻl qoʻyilmaydi.  

Alkogol mahsulotlarini reklama qilgan korxona jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida alkogol mahsulotlarini reklama qilgan korxona jarimaga tortildi.

Raqobat qoʻmitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan OAV, internet tarmoqlarida hamda tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklama materiallarining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan tizimli ravishda oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish ishlari natijasida, viloyatda faoliyat olib boruvchi “LUTFILLA FAYZ” MChJ tomonidan alkogol vositalari reklamasini qoʻyish holatlari aniqlandi. Bu esa “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 38-moddasiga asosan, har qanday quvvatdagi alkogol mahsulotlarining reklamasiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilgan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatiga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq “LUTFILLA FAYZ” MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

Avvalroq Raqobat qoʻmitasi 3 mlrd soʻmdan oshiq xaridlarda qonun buzilganini maʼlum qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid