Tramp BRIKS bilan hamkorlikni kuchaytirayotgan davlatlarga tahdid qildi
Ularga qoʻshimcha 10 foizlik boj joriy etiladi. Oʻzbekiston 2025 yil yanvardan BRIKS bilan hamkor davlat boʻlgandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp BRIKS tashkilotini qoʻllab-quvvatlayotgan mamlakatlarga tahdid qildi.
Bu haqda AQSh rahbari Truth Social ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qildi.
"BRIKSning Amerikaga qarshi siyosatini qoʻllab-quvvatlagan har qanday davlatga qoʻshimcha 10 foizlik boj qoʻyiladi. Bu siyosatda istisnolar boʻlmaydi", - dedi Amerika rahbari.
BRIKS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika va Indoneziya kiradi.
Oʻzbekiston, Belarus, Qozogʻiston kabi davlatlar 2025 yil 1 yanvardan BRIKS mamlakatlari bilan hamkor hisoblanadi.
Avvalroq Braziliyadagi sammitda Oʻzbekiston tashkilot hamkori sifatida eʼtirof etilgandi.