platina.uz
Jahon

Texasdagi suv toshqinlari oqibatida salkam 80 kishi halok boʻldi

Texasning bir qancha okruglarida favqulodda holat eʼlon qilingan, koʻplab yoʻllar vayron boʻlgan va telefon liniyalari uzilgan. 

Texasdagi suv toshqinlari oqibatida salkam 80 kishi halok boʻldi

AQSh hukumatining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Texas shtatidagi kuchli suv toshqini qurbonlari soni 78 kishiga yetdi.

Kerr okrugi sherifi Larri Lita 6 iyul kuni kechqurun jurnalistlarga okrugda tasdiqlangan oʻlimlar soni 68 taga yetganini aytdi.

Bundan sal avvalroq Texas gubernatori Greg Abbott Kerr okrugiga qoʻshni tumanlarda 10 kishi halok boʻlganini aytgandi.

Texasning bir qancha okruglarida favqulodda holat eʼlon qilingan, koʻplab yoʻllar vayron boʻlgan va telefon liniyalari uzilgan.

Gubernatorning bayonoti vaqtida Kerrda halok boʻlganlar soni 59 kishini tashkil qilgan, ulardan 21 nafari bolalar. Yana 41 kishi, jumladan, 10 nafar qiz bedarak yoʻqolgan.

Oʻlgan va bedarak yoʻqolgan bolalar Kerrvil shahri yaqinidagi Kemp Mistic yozgi lagerida kuchli yomgʻirdan keyin toʻsatdan qirgʻoqlaridan toshib ketgan daryo yaqinida boʻlgan.

Avvalroq 24 qurbon haqida xabar berilgan, oʻnlab odamlar yoʻqolgani aytilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid