platina.uz
Sport

Muhammadali Oʻrinboyev "Antverpen"ga oʻtdi

"Nasaf" yetakchilaridan biri Akmal Mozgovoy esa BAA klubi safiga qoʻshildi.  

Muhammadali Oʻrinboyev "Antverpen"ga oʻtdi

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi Muhammadali Oʻrinboyev Belgiyaning “Antverpen” jamoasi futbolchisiga aylandi.

Ayni paytgacha u "Paxtakor" tarkibida oʻynayotgandi.

Manbalarga koʻra, transfer uchun Toshkent klubi hisobiga 750 ming yevro toʻlab berilgan.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Akmal Mozgovoy BAAning “Baniyas” jamoasi futbolchisiga aylandi.

Mozgovoy bungacha "Nasaf"da toʻp surayotgandi. "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi boʻlgan Akmal jamoa bilan birga 3 marotaba Oʻzbekiston Kubogi, 3 marotaba Superkubokni, bir martadan Superliganing oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid