platina.uz
Jamiyat

Beruniy tumani hokimi oʻrinbosari qoʻlga olindi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyatidagi mansabdori esa ming dollar bilan ushlandi. 

Beruniy tumani hokimi oʻrinbosari qoʻlga olindi

Hokim oʻrinbosari hamda agentlik va inspeksiya xodimlari ushlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani hokimining oʻrinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MChJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari mazkur xoʻjalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs Andijon tumanidagi paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inshootlar boʻyicha hisoblanishi kerak boʻlgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassisi ushlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid