platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Knauf Insulation zavodi ishga tushdi

Ochilish marosimida bosh vazir va xalqaro biznes vakillari ishtirok etdi.

Toshkentda Knauf Insulation zavodi ishga tushdi

Toshkent shahrida bazaltga asoslangan mineral tolali issiqlik izolyatsiyasini ishlab chiqaruvchi Knauf Insulation zavodining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda bosh vazir Abdulla Aripov va xalqaro biznes vakillari ishtirok etdilar.

Knauf Insulation’ning yangi ishlab chiqarish majmuasi har yili 40 mingtagacha xonadonga zamonaviy issiqlik izolyatsiyasini taqdim etishga qodir boʻlib, bu Oʻzbekiston uchun muhim iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik foyda keltiradi.

Umumiy maydoni 33 100 m² boʻlgan ishlab chiqarish majmuasi 110 dan ortiq ish oʻrni yaratadi. U zamonaviy yevropalik past chiqindi texnologiyasi asosida jihozlangan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 30 000 tonnani tashkil etadi, bu esa yiliga 40 000 ta uyni issiqlik izolyatsiyasi bilan taʼminlaydigan yonmaydigan bazalt mineral tolasini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston umumiy energiya isteʼmolining 40 foizi va issiqxona gazlari chiqindilarining 20 foizidan ortigʻi aynan uy-joy sektoriga toʻgʻri kelmoqda. Bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish esa milliardlab AQSh dollarini tejash, mamlakatning Parij kelishuviga muvofiq 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan issiqxona gazlari chiqindilarini 2010 yil darajasiga nisbatan 35 foizga qisqartirish maqsadiga erishishga xizmat qiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid