platina.uz
Jamiyat

Fargʻona viloyati YHXB boshligʻi ishdan olindi

U rafiqasi nomiga kelgan yuzdan oshiq jarimalarni bekor qildirishda ayblangandi. 

Fargʻona viloyati YHXB boshligʻi ishdan olindi

Fargʻonada rafiqasi nomiga kelgan yuzdan oshiq jarimani bekor qildirishda ayblangan rahbar ishdan olindi.

Viloyat IIB JXX YHXB boshligʻi podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 40 081 SBA boʻlgan «Malibu-2» avtomashinasi haydovchisi 100 tadan ortiq qoidabuzarlik sodir etgani va ularning 106 tasi "oxirgi zarurat holatida qoida buzgan" deb topilib, jarimalar bekor qilingani xabar berilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu avtomobil egasi A.Ahmedovning turmush oʻrtogʻi boʻlgan. Ishdan olish qarori shaxsan Ichki ishlar vaziri tomonidan qabul qilingan.

Hozirda ish yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid