platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada qoidalarni mensimaydigan "Malibu" aniqlandi

Uning haydovchisi viloyat YHXB boshligʻining rafiqasi ekani aytilmoqda.

Fargʻonada qoidalarni mensimaydigan "Malibu" aniqlandi

Fargʻona viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan qoidabuzarliklari bekor qilingan Malibu mashinasi viloyat IIB YHXB boshligʻi podpolkovnik Akmal Ahmedovning turmush oʻrtogʻiga tegishli boʻlgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida Malibu mashinasi sodir etgan yuzdan ortiq qoidabuzarliklar asossiz bekor qilingan. Bu kabi xabarlar tarqalgach, viloyat IIB YHXB munosabat bildirib, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgani va Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining 5 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo tayinlanganini bildirgan.

Shuningdek, munosabatda Malibu mashinasida sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar boʻyicha jarimalar undirilgani aytilgan. Maʼlum boʻlishicha, 2024-2025 yillarda ushbu mashina tomonidan sodir etilgan jami 61 ta qoidabuzarlik boʻyicha jarimalar bekor qilingan.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda Malibu bir nechta holatda svetoforning qizil chirogʻida ham harakatlanganini koʻrish mumkin. Bundan tashqari, xabarlarda ushbu avtomobil 100 dan ortiq qoida buzgani, lekin qoidabuzarlik haqidagi qarorlar "oxirgi zarurat yuzasidan sodir etilgani sababli" oʻchirtirilgani aytilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid