AQShda suv toshqinlari sabab 24 kishi halok boʻldi
Kamida 23-25 kishi esa bedarak yoʻqolgan.

AQShning Texas shtatidagi suv toshqinlari oqibatida 24 nafar kishi halok boʻldi, 25 nafargacha bola bedarak yoʻqolgan.
Texasning Kerr okrugida kuchli suv toshqini oqibatida kamida 24 kishi halok boʻldi, deya yozmoqda OAV.
Kamp Mistic qizlar yozgi lagerida kamida 23-25 kishi bedarak yoʻqolgan.
Hozirgacha kamida 237 kishi qutqarilgan yoki evakuatsiya qilingan.
Texas gubernatori Greg Abbott hodisalarni falokat deb atadi va favqulodda holat eʼlon qildi, bu esa qutqaruvchilarga barcha zarur resurslardan foydalanish imkonini beradi.
Qutqaruv ishlari faqat kunduzi emas, tunlari davom etadi. Gubernator bedarak yoʻqolganlarni qidirish davom etishini aytdi.
Rasmiylarning aytishicha, ob-havo prognozlari bunchalik koʻp miqdordagi yomgʻirni bashorat qilmagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp suv toshqinlarini dahshatli va talofatli deb atadi.
Avvalroq Indoneziyada parom choʻkib bir necha kishi halok boʻlgandi.